
MYu ijaradagi himoyachisini vaqtliroq qaytarib olmoqchi
"Manchester Yunayted" ustozi Ule-Gunnar Sulsher "Roma"da ijarada to‘p surayotgan markaziy himoyachi Kris Smollingni ijaradan qaytishi haqida aytib o‘tdi.
"Kris Manchesterga qaytmoqda. U Italiyada ajoyib o‘ynamoqda. Biz uni ijaraga yuborganimizda shuni hisobga olgan edik. Kris u erda o‘yindan rohat olish bilan bir qatorda tajriba ham to‘plamoqda. Endi biz unda eng yaxshi futbolchilardan birini ko‘rmoqdamiz", - deya aytib o‘tdi Sulsher.
Futbolchining ijaradan vaqtliroq, aniqrog‘i qishda chaqirib olinishi kutilmoqda.
Fikrlar