
MYu grand klublarning "kushandasi" bilan shartnomani uzaytiradi
Amad Diallo "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Jurnalistning ma’lum qilishicha, 22 yoshli futbolchi shu hafta klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Bitim tomonlar o‘rtasida kelishilgan va ma’qullangan. Qayd etilishicha, futbolchining ish haqi ko‘tariladi, u "qizil iblislar" loyihasining asosiy qismi bo‘lib qoladi.
Ma’lumot uchun, Diallo joriy mavsumda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yarmiga qadar mo‘ljallangan edi.
Fikrlar