MYu Dibala uchun "Yuventus"ga qancha taklif qilmoqchi?

  • 11 may, 2019, 08:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida "Yuventus" forvardi Paulo Dibalani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Calciomercato tarqatgan xabarga qaraganda “qizil iblislar” 25 yoshli argentinalik futbolchi uchun turinliklarga 85 mln evro taklif qilishmoqchi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “Real” Madrid Dibalaning transferi uchun 75 mln evro taklif qilgani, ammo ushbu taklif “keksa sinora”ni qanoatlantirmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Dibala “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 179ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 78ta gol hamda 31ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!