
MYu De Xea o‘rniga "Barselona" darvozabonini olib keladi
Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Yasper Sillessen faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” vakillari 30 yoshli gollandiyalik posbonning transferi masalasida muzokaralar o‘tkazish uchun allaqachon Barselonaga etib kelishgan.
Gap shundaki, mankuanliklar Sillessenni yozda jamoadan ketishi kutilayotgan David De Xeaga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. O‘z navbatida u ham “Barsa”da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani bois jamoasini o‘zgartirishga tayyor.
Ta’kidlash lozimki, Sillessenning transferi MYuga 18 mln evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Yasper Sillessen joriy mavsum “Barselona” safida bor yo‘g‘i 13ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar