MYu APLning safar o‘yinlarida gol urishdan to‘xtamayapti va liganing rekordini o‘rnatdi

  • 26 dekabr, 2020, 20:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Angliya Premer ligasining 15-turida "Lester"ga (2:2) qarshi bahs olib bordi va raqib darvozasini ikkita bor ishg‘ol etdi.

Tecno

Sulsher shogirdlari liganing safarda o‘tkazgan so‘nggi 11 ta uchrashuvining har birida kamida ikkitadan gol urib kelmoqda va bu APL rekordi hisoblanadi.

1992 yilda Angliya Premer ligasi tashkil etilishidan oldin, Angliya chempionatining yuqori ligasida 11 ta yoki undan ko‘proq bahslarning har birida kamida ikkitadan ortiq gol urgan so‘nggi klub ham "Manchester Yunayted" bo‘lib, 1958-1959 yillar oralig‘idagi 13 o‘yinlik seriyadan iborat bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!