Mxitaryan terma jamoaga qaytadimi?

  • 18 mart, 2023, 13:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Armanistonlik tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri Genrix Mxitaryan terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakovning taklifi bilan Armaniston terma jamoasiga qaytishdan bosh tortdi. Bu haqda mamlakatning Radar agentligi xabar bermoqda.

Tecno

Petrakov Armaniston terma jamoasi boshqaruviga kelgan ilk kundanoq Mxitaryanning "Shaxtyor"dagi sobiq jamoadoshlari - Taras Stepanenko va Andrey Pyatovlardan Genrix haqida eshitgach, u bilan birinchi kundanoq bog‘lanishga harakat qilganini ta’kidladi.

“Milanga borib, u bilan gaplashishga tayyor edim, lekin u rad etdi. Mxitaryanning qarorini hurmat qilish kerak”, - dedi Petrakov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu haftada Mxitaryan “Inter” safida “Benfika”ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi va Armaniston tarixida Chempionlar ligasida 50 ta o‘yin o‘tkazgan birinchi futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Mxitaryan Armaniston terma jamoasidagi faoliyatini 2021 yilda yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!