
Muzaffarbek To‘raboev final yo‘lida kimga qarshi tatamiga chiqadi?
Xabaringiz bor, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muzaffarbek To‘raboev -100 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasining yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Vakilimizni ushbu bosqichda dunyoning 2-raqamli dzyudochisi ozarbayjonlik Zelim Kotsoevga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat taxminan 19:00 da boshlanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Zelim Kotsoev 2022 hamda 2023 yilgi jahon chempionatida bronza, 2024 yilgi jahon chempionatida esa oltin medalni qo‘lga kiritgan. IJF reytingida 2-o‘rinda qayd etilgan.
-100 kg vaz toifasining ikkinchi yarim finalida esa gruziyalik Illia Sulamanidze hamda shveytsariyalik Daniel Eych bahs olib boradi.
Fikrlar