Muxlislar va murabbiyning ehtiroslarini junbushga keltirgan Risqullaev

  • 28 may, 2019, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 52
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor Coca-Cola Superliganing 10-turida muxlislar bir qator qiziqarli va keskin kurashlarga boy uchrashuvlar guvohi bo‘lishdi. Biroq, ular orasida “Navbahor” va “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni alohida tilga olmaslikning iloji yo‘q. Sababi esa aniq, yana hakamlar...

Tecno

Tarixdan ma’lumki O‘zbekiston chempionatining eng yorqin, shiddatli va murosasiz bahslari vodiy derbilarida kuzatiladi. Bu erda muxlislarning futbolga bo‘lgan e’tibori, mehri yuqoriligi sabab har bir derbidan so‘ng o‘rinli va o‘rinsiz muhokamalar boshlanib ketadi. Namanganda kechgan “Navbahor” va “Andijon” o‘rtasidagi uchrashuv ham bundan mustasno bo‘lmadi. Biroq, namanganlik ishqibozlarning bu safargi e’tirozlarida chindanda o‘rinli. Keling, hammasini bir boshidan boshlaymiz.

Birinchi navbatda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hakamlar va nazoratchilar departamenti ushbu uchrashuvning ahamiyatini munosib baholay olmadi deb hisoblagan bo‘lardim. Chunki, odatda bunday o‘yinlarga anchayin tajribali va mahoratli hakamlarni qo‘yish kerak edi. Shukrki, bizda Ravshan Ermatovdek dunyo tan olgan hakamimiz bor. U o‘z mehnatlari, o‘yin tizginini bir maromda saqlab turishi va albatta, adolatli qarorlari bilan jahonning eng yaxshi referisi nomini qo‘lga kiritgan, mundiallarda rekordlar o‘rnatgan. Aynan u chempionatimizning mana shunday murakkab uchrashuvlarida ishlashi kerak. Ammo, O‘FA nega ushbu uchrashuvga aynan Ermatovdek hakamni emas, balki bundan bir necha tur avval noma’lum muddatga chetlatilgan Ahrol Risqullaevni tayinladi? 

Risqullaev baribir bunday kuchli bosim ostida o‘tadigan o‘yinlarni boshqara olmasligi yana bir bor ayon bo‘ldi. Uning o‘yin davomida yo‘l qo‘ygan mayda xatolarini sanab o‘tirmoqchi emasman. Agar shunday qilsam, men yozishdan, siz esa o‘qishdan zerikib ketasiz. Keling, yaxshisi faqatgina o‘yinni “buzib” qo‘ygan juda qo‘pol xatoga to‘xtalamiz. Birinchi bo‘limdan so‘ng 1:0 hisobida ortda borayotgan “lochinlar” ikkinchi bo‘limda bor e’tiborlarini hujumga qaratishdi. Ketma-ket hujumlar raqib darvozasiga xavf sola boshladi. Aksariya vaziyatlarda “Andijon” darvozaboni Vitaliy Mirniy o‘z seyvlari bilan jamoasi joniga oro kirdi. Biroq, vaziyatlarning birida unga hujumchi Ro‘zimboy Ahmedov ham “ko‘maklashib” yubordi. Aniqrog‘i, u to‘ppa-to‘g‘ri darvoza tomon ketayotgan to‘pni yaqqol qo‘li bilan to‘sib qoldi. Risqullaev esa bu vaziyatni ochiqchasiga ko‘rmaganlikka oldi va 100 foizlik penaltini bermadi. To‘g‘ri, agar hakam bu holatni ko‘rmay qolgan bo‘lishi mumkin dersiz, lekin Risqullaevning nigohi darvoza tomonda edi. U ko‘zlarini yumib olgan deb aytsangiz, qanot hakamlari ham unga qo‘shilib ko‘zlarini yumib olishganmidi? Umuman olganda yordamchi hakamlar mana shunday bahsli holatlarda bosh hakamga yordam berishmasa, ularning nima keragi bor?

risq

Uchrashuvni bevosita stadiondan turib kuzatgan inson sifatida aytishim mumkinki, o‘yindan so‘ng maydonga turli buyumlar uloqtirilgani rost. “Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskisning matbuot anjumanida jig‘i biyron bo‘lib, turli haqoratli so‘zlarni aytgani ham rost. Lekin, ularni bu qadar junbushga kelishlariga sabab hakam emasmi? Keling, tan olaylik, ularni bunga adolatsiz hakamlik undadi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘z nutqlaridan birida xalqimiz hamma narsaga chidashi mumkin, biroq, adolatsizlikka chidan olmaydi degan edi.

Endi O‘FA hech qachon uchrashuv hisobini o‘zgartirmaydi yoki belgilanmagan penaltini qaytarib bermaydi. Aksincha, O‘FA stadionda tartibsizlik keltirib chiqargani uchun “Navbahor” muxlislarini, hakamlarni tanqid qilgani uchun esa murabbiyni jazolaydi. Uchrashuv “qahramoni” Ahrol Risqullaev esa nari borsa doimgidek 2-3ta o‘yin ko‘rinmay turadi, keyin yana xuddi hech narsa bo‘lmaganday o‘z ishida davom etadi.

Bu maqola orqali “Navbahor”ni va namanganlik muxlislarni oqlamoqchi emasman. Chunki, bu o‘yinda kuzatilgan holatlar keyingi o‘yinlarda Samarqandda yoki Qarshida, Buxoroda yoki Andijonda sodir bo‘lmaydi deb hech kim kafolat bermaydi. Men muxlislar va murabbiylarning junbushga kelishiga birinchi navbatda hakamlarning xatosi sabab bo‘lishini aytmoqchiman xolos.

Biz esa yuqoridagi holatlar yuzasidan O‘FA qarorini kutib qolamiz.

PS: O‘FA tartib intizom qo‘mitasi Namangandagi voqealarga hukm chiqarishdan oldin aytmoqchiman, “Navbahor”ning mard muxlislari juda ko‘p. Ular mag‘lubiyatni ham, xuddi g‘alaba bilan birdek mardlarcha qabul qilishadi. Biroq, “bitta buzuqi podani changitadi” deganlaridek shu kuni maydonga turli buyumlar uloqtirgan g‘alamis muxlislar ham bo‘ldi. Ular “Navbahor”ning asl ishqibozlari emas deb hisoblayman. Shu kuni stadionda “Navbahor”ning ko‘p sonli asl ishqibozlari ana shunday nojoyiz harakatlarni amalga oshirganlardan (bundaylarni muxlis deb aytishga ham til bormaydi) bunday qilmasliklarini iltimos qilishganini o‘z qulog‘im bilan eshitdim, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Muxlislik madaniyatiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan bunday ishqibozlar aybiga yarasha jazolanishadi. Biroq, futbolsiz yashay olmaydigan Namangan axlining barchasini ham bunday “qora ro‘yxat”ga kiritib, ularni futbolsiz qoldirish adolatdan emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Isakhodjaev Muhtorjon
28/05/2019 14:02
Rahmat sarlafha uchun endi tug'ri yozilibti. Siz jurnalistik ishingizga omad Otangizga rahmat haqiqatni yozibsiz.
&
Bek 77
28/05/2019 16:13
Шу мақолага гап бўлиши мумкин эмас қоил адолатли ёзибсиз.Биз наманганликларга тоза футбол керак ютқазсак хам
Bobur Shox Jorabayev
28/05/2019 14:06
Mana chempionat uz dan nimaga kichtik biz muhlislar chunkiy bunday maqola chiqazmaydi qorqadi baziladan SPORTS UZ ga gap yoq
Boltabayev Muhammad
28/05/2019 13:28
Axror gandon bermapti penalti
&
Ramzis ll
28/05/2019 20:43
Raxmat haqiqatni yozadigan jurnalistlarimizam bor ekanku , shunday jurnalistlarimiz ko'payaversin.
&
Nurilloh
28/05/2019 18:00
Маколага гап ё рахмат каттакон сал босаям ховурдан туширдиз
&
Sash
28/05/2019 13:37
Otangizga rahmat. Haqiqatti endi yozdiz, lekin Samarqanda, Buhoroda, Qarshida bulmasligiga emas Qarshida buldi deb yozing. Qarshidigi uyinda penalti yuqmidi, holis baho bering. Poytaht kamandalariga hamma hakam yon bosishini hamma muhlis biladi. Nega poytaht klubi uyiniga poytahtlik hakamlar quyildi. PFL ni manashu qarori tushunarsiz. Har bir uyindan kin hakamlarning hatosi tufayli asabbuzarlik bulyabdi. MAYDONGA TOMOSHAGA TUSHUB ASABING BUZULIB KELGANDAN KURA FUDBOLNI TOMOSHA QILMAY NBA NI TOMOSHA QILGAN MAQUL EMASMI.
&
Музаффар
28/05/2019 18:50
Гап йук!!! Айни хакикат, халол уйин булсин!!!!
Christian Ronaldo
28/05/2019 17:19
Қачон бизнинг мураббий Остон билан Аббосни ўз позициясига қўйса ўшанда ғалаба қозонамиз, Ахир Пахтакор билан ўйинда улар ўз позициясида ўйнаб фантастик ўйин намойиш қилди.
Абдурахман Абдувалиев
28/05/2019 15:57
Анжанни энди 2-даврада ўз майдонида ютиб келамиз, Канчелскис бошчилигида, худо хохласа.Қовушмадида бўлмасам хеч йўқ 3та урарди, дарвозабон ярим жамоа деб бекор айтилмайди.Мирний зўр ўйнади, гап йўқ
28/05/2019 19:31
Наман сизлар келорилар яхши кутиб оламиз
zohir_t
28/05/2019 15:13
Admin qarshidayam boʻldi, lekin hakam ataylab xato qildi deb boʻlmaydi bu vaziyatni
Nurilloh0505 T
28/05/2019 15:07
Hamma ayt o'zi IIB larda qarab turordi qattiro chora ko'rganida bunaqa vaziyatlar bo'lmasdi bularni baqlashkayam kirgizganidan niyati shu buganini bilib qo'ysenam bo'lo'radi
Ahror Nodir
28/05/2019 13:56
Шунака иплос хакамларни деб кейин айтасанда Футболингаям... судяларингаям... деб. Чет эл футболини курсанг мазза киласан одам. Узбек футболини курсанг асабинг бузилади. Агар испания англия италия чемпионатида шунака хакамлик килсин... уша уйиндан кейин уша хакамни хеч ким тополмайди...бедарак йуколади
&
Mirzo navbahor
28/05/2019 19:07
мана куркмай ёзса хам буларкану айрим сайтларга ухшамай ишлашда чарчаманглар
&
Kaka
28/05/2019 15:12
Vaybò andijonliklar durranga buncha bayram qilishsa yutsa tuy qilisharkanda ..turi andijonliklarga moshna chunki namanganda durrang qachon uynawadi wu bn.xudo biladiiii... iii keyin u qolgan klublarni muxlislariga savol agar sizni jamoiz uyida durrang uynasi mexmon muxlislari szlarni stadioninglarda bayram qilsa nima.qilardinglar ...bularni yanaxam urib uldirib quymabdi odamlarrr
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
28/05/2019 15:32
Og'irroq bo'vuring mavlono.
Paxtakor stadionida nichyaga qanaqa bsyram qivordila?
Futbolchilani kiyinish xonasidaku umuman eplab bo'madi.
&
Kaka
28/05/2019 15:39
U kambek edi keyin paxtakor uuu tarkibi uzb ni tarkibi pachti xa mayli slar bn tortiwiw befoyda
&
Said
28/05/2019 15:53
Nima endi hursand bome indame otirish keremidi.Sizi Navbahoriz safarda ochko olsa indame otirasizmi
&
serdar uz
29/05/2019 15:49
qachondir uzbdayam yaxshi bop ketar 10 15 yildan keyn
MUr Hyuik
29/05/2019 09:56
XAmmaga salom
Muhriddin Tursunov
29/05/2019 02:50
Men ham shu o'yinni stadionda tomosha qildim kuchli yomg'ir ostida haqiqatdan ham Namangan xalqi juda futbolni sevadi. Xakamlarga kelsak Navbahorni o'yiniga faqat R. Ermatovni qo'yish kerak qogani yaramaydi.
&
Namangan AAA
28/05/2019 22:21
Yaxshi kunlarda ijobiy yakun kutamiz.
&
Абдулла дед
28/05/2019 20:12
Жалаб хотинга ўхшашасан тан олишни хам билишда канчайскисди хам ўзларинга ўхшаб кўт килиб кўйишибсан айбни хакам ёки бошка жамоага осилишасан турсинхонлар
махмуда Джураева
29/05/2019 18:36
Уф йигитлар, одобдан ташкарига чикиб кетяпсизлар. Худо интернетни берди деб энди огзига келганни айтишмасда, бу матбуотку, унинг устига узбек матбуоти. Ислом дунесида эса рамазон ойи булса. Уятмасми? Бизни химоя киладиган эркакларимиз бутун халк олдида, номусларининг олдида, фарзандларининг олдида шундай сузлашадими, уз мусулмон биродарини шундай хакарот киладими? Уят, биз сизларга кандай суянамиз а? Олижаноб, мард, адолатли. Кам гап хущхулк эркакларимиз кани? Узи шу хакам машмашаси хам жонга тегди, нахотки футбол амалдорлари бу масалага жиддийрок нукта куелмасас, нохалоллик кузатиляптими, чек куйишга нима халал беради!
&
Абдулла дед
29/05/2019 22:29
Хуп
Oldingi fikrlarni ko'rsatish