
Musiala "Bavariya" tarixida EChLda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi
Myunxenning "Bavariya" klubi Evropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida Rimning "Latsio" klubi bilan to‘qnash keldi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvning 1-bo‘limida myunxenliklarning yosh a’zosi Jamal Musiala Pepe Reyna qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, yosh vunderkind "Bavariya" tarixida EChLda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Ma’lumot uchun, futbolchi 2 kundan so‘ng 18 yoshni qarshi oladi.
Fikrlar