Murodjon Ahmadalievning raqibida nima gaplar?
Habaringiz bor, 55 kg gacha vazda WBA va IBF chempioni Daniel Roman hisoblanadi. Uning WBA kamariga hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev rasmiy da’vogar bo‘lib turibdi. Bu ikki bokschi o‘rtasidagi jang 13 sentyabrda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo, Roman elkasidan olgan jarohati tufayli jang qoldirilgandi. Oktabr oyida Roman engil mashg‘ulotlarga kirishgani haqida aytilgan va bizga ma’lum bo‘lishicha ushbu haftadan boshlab, u sparring janglarini ham boshlashi ma’lum qilindi. Roman va Ahmadaliev o‘rtasidagi taxminiy jang sanasi kelgusi yili 30 yanvarga mo‘ljallanmoqda



Fikrlar