Ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmadaliev IBF yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempion, 2019 yilning mart oyidan buyon majburiy da’vogar bo‘lib turgan Ryosuke Ivasaga qarshi jang o‘tkazishi kerak bo‘ladi. IBF chempion vakillarini majburiy himoya bo‘yicha ogohlantirgan. Tez orada mazkur jangni o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.
Murodjon Ahmadalievning promouterlari jangni Toshkentda tashkil qilishni reja qilgan. To‘qnashuv muddati bo‘yicha aniq to‘xtamga kelinmagan, ammo katta ehtimol bilan u yoz oyi boshlarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Jang Humo Arena ko‘p tarmoqli sport inshootida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliev 30 yanvar (Toshkent vaqti bilan 31 yanvar tongida) kuni Daniel Romanga (27-3-1, 10 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobida g‘alaba qozongan va O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita jahon chempionlik kamariga ega chiqqandi.
Fikrlar
нима бўлса, асли наслида бўлган......
Xavaskor bokschi boʼlsam xam sizni yenga olaman mard boʼlsangiz menga yozing jang sanasini belgilab olman
Agar bitta jangda ikkita yoʼnalishta jaxon
Chempioni boʼlish mumkin boʼlsa
Va 3-xonali uy qimmat moshina va unvon beradigan boʼlsa
Men xam jaxon chempioni degan nomga erishmoqchiman va xozirgi yangi jaxon chempioni murodjon ahmadaliyevni bir xavaskor bokschi isfatida duelga chaqiraman
Oddiy va kambagʼal kamtaminlangan ijtimoiy qoʼllab quvvatlashka muxtoj oylalar va uyga muxtoj fuqarolarga yordam berish oʼrniga
Bitta jang uchun xalqni bir milyart pulini osongina topshirib tagʼin inson manfati xamma narsadan ustun deyishadi
Sportni pul topishni oson yoʼli qilib olishti
Murodjon ahmadaliyev agarda mard boʼlsanggiz
Xalqni pulini qaytaring
Uyat xam kerak bitta jang uchun bir milyart xalqni pulini xursand boʼlib oldingiz A men sizni judayam xurmat qilar dim endi bilsam xurmad qilishka arzimas ekansiz
Mard boʼlsangiz men bilan ringga chiqing oʼshanda koʼramiz kim chempion boʼlarkin