
Murodjon Ahmadaliev tajribali raqibini nokautga uchratib, o‘zining g‘alabali seriyasi davom ettirdi
Professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bugun navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Bokschimiz bu safar meksikalik Karlos Karlsonga qarshi ringga chiqdi. AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan 8 raundga mo‘ljallangan jang 3-raundayoq yakunlandi. Boisi, bokschimiz tajribali raqibini 3-raunddayoq ringga qulatdi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Karlson shu paytgacha 28 bor jang olib borgan bo‘lib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan (14 nokaut) va 5 bor mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rgan. Murodjon Ahmadaliev esa 5 bor ringga ko‘tarilib, ularning barchasida zafar quchgan edi.
Fikrlar