
Murodjon Ahmadaliev kolumbiyalik bokschiga qarshi jang qiladi
Dastavval hamyurtimiz amerikalik Daniel Romanga qarshi jang o‘tkazishi borasida xabarlar berilgan edi. Ammo WBA chempionlik kamari sohibi jarohati bois jang o‘tkaza olmasligi oydinlashdi.
Shu bois Ahmadalievning 13 sentyabr kungi raqibi o‘zgardi. Endi olimpiada sovrindori kolumbiyalik Vilner Sotoga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Soto hozirga qadar 28 ta jang o‘tkazgan va shularning 22 tasida g‘alaba qozonib, 6 tasida mag‘lub bo‘lgan. U janglarining 12 tasini muddatidan oldin tugatishga erishgan.
Fikrlar