
"Muradov_Professional_Liga 3" turnirining eng yaxshilari qancha miqdordagi bonusga ega bo‘ladi?
Ma’lumki, bugun o‘zbekistonlik birinchi UFC jangchisi Mahmud Muradov tomonidan asos solingan "Muradov_Professional_Liga" sining 3-turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang oqshomida bir qator yurtimizning mashhur MMA vakillari ham oktagonga ko‘tariladi.
Kecha, ushbu turnirdan avval an’anaviy vazn o‘lchash va face to face marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir davomida ko‘plab o‘ziga xos shoular va yutuqli o‘yinlar tashkil qilindi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan jang oqshomiga chiptalar sohibiga aylandi.
Ushbu ligada yana bir qator bonuslar ham borligi ma’lum qilindi. Mahmud Muradovning ta’kidlashicha ushbu kechada qayd etilgan "Eng yaxshi jang", "Eng yaxshi nokaut" kabi nominatsiyalar egasi 500 AQSh dollarini bonus tariqasida qo‘lga kiritishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kechaning markaziy jangida yurtdoshimiz Ramazon Temirov moldovalik Mixail Sirbuga qarshi jang qiladi.
Fikrlar