
Murabbiylar uchun futbol qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Poytaxtimizdagi "Chig‘atoy" sport bazasida OFKning "B" diplomi uchun o‘quv kurslari bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. Bugun mazkur o‘quv kurslari doirasida futbol qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarni tajribali instruktor Marat Ismoilov o‘tkazdi.
Seminar davomida yig‘ilganlarga futbol qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi, shuningdek, videomateriallar namoyish qilinib, o‘yin qoidalari bo‘yicha bilimlarni sinash maqsadida test o‘tkazildi.
Seminar davomida murabbiylar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.
Fikrlar