"Murabbiy jamoaga xush kelibsan, deb yozdi" yoxud Kamolov "Navbahor" bilan shartnomasi bekor bo‘lishi va legionerga aylangani haqida

  • 1 fevral, 01:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qirg‘iz chempionatining etakchisi, amaldagi chempion “Abdish Ata” klubi yangi mavsumga Turkining Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda.

Tecno

Tarkibga ko‘plab legionerlar taklif qilingan va ularning qatorida hamyurtimiz Abdug‘ani Kamolov ham bor. Holbuki, u dekabr oyida “Navbahor” bilan shartnoma imzolagandi. Keyin esa vaziyat o‘zgardi va Kamolov “Abdish Ata” bilan shartnoma tuzdi.

Qolganini futbolchi bilan suhbatda bilib olasiz.

- “Abdish Ata” klubi bilan shartnoma imzoladingiz. Ammo bungacha “Navbahor” bilan kelishuvga erishganingiz e’lon qilingandi. Keyin esa shartnoma bekor bo‘ldi. Hammasi qanday yuz berdi?

- O‘tgan mavsum tugaganidan keyin dekabr oyida “Navbahor” jamoasiga qo‘shildim. Mahalliy futbolchilarni yig‘amiz deyishdi. Biz borganda jamoada asosan mahalliy o‘yinchilar edi. Bir hafta davom etgan mashg‘ulotlarda faqat mahalliy futbolchilar ishtirok etishdi. Men borgan paytimda boshida shartnomani kelishib olgandik va bitim tuzgandik. Bir haftadan keyin mashg‘ulotlar tugagach, qisqa dam berildi. Shartnomani gaplashish uchun klubga borganimda esa biroz tushunmovchilik bo‘ldi. Menga hozirgi vaqtda moddiy tarafdan ko‘ra o‘yin amaliyoti muhim. Namanganda o‘yin amaliyotisiz qolib ketishimni sezib, “Abdish Ata”dan tushgan taklifni o‘ylab o‘tirmasdan qabul qildim. Garchi Qirg‘iz chempionati saviyasi Superligamizdan pastroq bo‘lsa-da, ularni Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishi qiziqtirdi. “Abdish Ata” oxirgi yillarda mamlakat chempionligini va Kubokni qo‘lga kiritib kelmoqda. Jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladim. Bizni 1 mart kuni Superkubok o‘yini kutib turibdi. Xudo xohlasa, o‘zimni birinchi titulimni nishonlash niyatidaman. Qirg‘iz chempionatiga birinchi marta keldim. Xayolimga bu erdagi chempionat qanaqaligi kelmagan. “Abdish Ata”ga kelib ko‘rdimki, o‘ylaganimdan ancha yaxshi darajada. Rivojlanish, infratuzilma, baza – hammasi o‘ylaganimdan a’lo.  

- “Navbahor”dan ketishingizga klubdagilarni reaktsiyasi qanday bo‘ldi?

- Hamma joyga borsangiz ham o‘ynashingiz kafolatlanmaydi. Boshida chaqirishganida menga raqobat qilasan, joyingni topsang o‘ynaysan deyishdi. Bir hafta davom etgan mashg‘ulotdan so‘ng birdaniga hammasi o‘zgarib ketdi. O‘zim tushundimki, u erda asosiy futbolchi emas, balki ikkinchi yoki uchinchi darajadagi o‘yinchi bo‘ldim. Men o‘ynaydigan pozitsiyaga tajribali Mirzohid G‘ofurov kelgan. Braziliyadan ham himoyachi olib kelishgan va men bor edim. Birinchi kelganimda braziliyalik himoyachi haqida aytishmagandi. Bir haftalik mashg‘ulotdan so‘ng ular braziliyalik himoyachini oladigan bo‘lishdi. Uchinchi darajaga tushib qoldim, balki shuning uchun meni keraksiz futbolchidek ko‘rishgandir. Chunki uchinchi o‘yinchi uchun mening o‘rnimga o‘rinbosarlar tarkibidan biror yosh futbolchini olishlari ham mumkin.”Navbahor”ni bu yil maqsadi jiddiyroq. Shu bois balki o‘rnimga braziliyalik himoyachini olishdi. Saviya tomonlama kuchliroq, deb o‘ylashdi.

- Endi faoliyatingizda yangi sahifa ochilyapti. Siz “Abdish Ata” misolida chempion jamoga o‘tdingiz. Bu erda sizni qanday qarshi olishdi va moslashuv qanday kechyapti?

- Bular O‘zbekiston chempionatini juda yaxshi bilishadi. Oxirgi 6-7 yilda Superligamiz saviyasi Osiyoda ko‘tarilib ketdi. “Abdish Ata”da ikkita Braziliyadan, uchta Bosniyadan, Chernogoriya, Rossiya, Gabon va Livandan ham futbolchilar bor. Meni ham o‘shalar qatorida bir xil, legioner hisobida yaxshi qabul qilishdi. Mendan umidlari katta ekanligini va jamoaga yordam berishimni kutishyapti. Chempionlikni saqlab qolib, OChLda yaxshi natijalarga erishishimizni istashmoqda.

- Demak, yangi klubda o‘z o‘rningizni ko‘ryapsiz...

- Ha. O‘zbekistondan kelgan futbolchi sifatida va legioner rolida ham bulardan ko‘ra saviyamiz ancha bilinib turadi. Mashg‘ulotlarda o‘zimni erkin his qilyapman va muammolarga duch kelmayapman. Jamoada hozir 10 ta legioner bor. Qolganlari mahalliy futbolchilar. Bizda asosiy e’tibor OChLda munosib ishtirok etishga qaratilgan. Shu bois xorijdan murabbiylar olib kelishgan. Jamoaga barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda.

- Bosh murabbiy bilan ilk suhbat qanda kechdi?

- Murabbiy bir hafta oldin qo‘shildi. Jamoaga kelgan kunim chernogoriyalik murabbiy bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘landim. U menga, jamoaga xush kelibsan, deb yozdi. U O‘zbekistonda ishlayotgan Ivan Boshkovichning do‘sti. Yangi murabbiy bilan yozishdik. Sen haqingda ma’lumotga ega bo‘ldim dedi va yangi mavsumda chempionlikni saqlab qolgan holatda yaxshi ishtirok etishga e’tibor qaratilishini aytdi.

- Yangi klubda qaysi raqamni tanladingiz?

- 17 ni. Bu erda raqamda muammolar yo‘q. Klubni asosiy futbolchilari yangi tashkil etilgan “Bars” klubiga o‘tib ketishgan. Yoshlar bor va qolgani legionerlar. Klub aynan legionerlar hisobiga tarkibni to‘ldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!