Muhammad Salohdan xudbin futbolchi yo‘q!

  • 24 oktabr, 2021, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” va “Liverpul”ning sobiq futbolchisi, taniqli murabbiy Grem Suness liverpulliklarning bugungi kundagi to‘purari Muhammad Saloh haqidagi fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Men Yurgen Kloppning Muhammad Saloh joriy mavsumda dunyoning eng yaxshi futbolchisi, degan fikriga qo‘shilaman. Lekin u eng qizg‘anchiq o‘yinchilardan. Hamma buyuk o‘yinchilarda bu xususiyat bor. Biroq, Saloh ortiqcha darajada xudbin.

Saloh uchun shaxsiy manfaatlari barcha narsadan muhim. U har qanday vaziyatda ham o‘zi zarba berishga harakat qiladi va bu bilan jamoadoshlari, ayniqsa, Sadio Maneni ranjitmoqda. Boshqa futbolchilar ham Salohning zo‘rligini bilgani uchun indamaydi. Uni tanqid qilish mushkul. Men undan xudbin o‘yinchini ko‘rmaganman, - deydi Grem Suness.

Muhammad Saloh joriy mavsumda sakkizta uchrashuvda ettita gol urib, jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!