
Muhammad Saloh tarixni yangilay oladimi?
Angliya premer-ligasining 21-turida raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritgan Muhammad Saloh to‘purarlik borasida muayyan natijalarni qayd etmoqda.
Xususan, 28 yoshli misrlik hujumchi joriy mavsumdagi gollari sonini 21 taga etkazdi. Shu tariqa, u ketma-ket to‘rt mavsumdan beri kamida 20 marta gol urmoqda.
Bundan tashqari, Muhammad Saloh Angliya premer-ligasida to‘p kiritgan afrikalik futbolchilar ro‘yxatida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hozircha, bu borada birinchi pog‘onani Dide Drogba egallab turibdi. Ivuarlik to‘purar hisobida 104 ta gol bor. Keyingi o‘rinlarda Emmanuel Adebayor (97 gol), Yakubu Ayegbeni (95 gol) va Sadio Mane (91 gol) bormoqda.
Bu reytingga faqatgina Muhammad Saloh va uning jamoadoshi Sadio Mane ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Fikrlar