Muhammad Saloh baribir bizga o‘tadi!

  • 15 dekabr, 11:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot o‘zini keskin tanqib qilgan Muhammad Salohni tarkibga qaytarganiga qaramay, o‘rtadagi ziddiyat to‘liq barham topgani yo‘q.

Tecno

Shu bois, misrlik to‘purarning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

33 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib turgan Saudiya Arabistoni klublari Muhammad Saloh baribir ularning ligasiga kelishiga ishonmoqda. Shayxlar bu transferni 100 million funt evaziga hal qilishga tayyor.

Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, bu transfer yanvar oyida ham, kelasi yozda ham amalga oshishi mumkin. Salohning oilasi Angliyadagi hayotidan mamnun, biroq Muhammadning o‘zi 2023 yildan beri uni Saudiya Arabistoniga taklif etayotgan tomonlarga ularning taklifini qabul qilish ehtimolini istisno qilmagan.

Joriy mavsumda Saloh barcha musobaqalarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati bugungi kunda 30 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!