
Mourino "Tottenxem" rahbariyatidan qaysi futbolchilarni sotib olishni so‘ramoqda?
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino joriy yozgi transferlar davridagi asosiy xaridlari ro‘yxatini tuzib chiqdi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis rahbariyatdan mavsumlar oralig‘ida jamoaga 5 nafar yangi futbolchi sotib olishni so‘ramoqda. Uning ro‘yxatida "Nitstsa" o‘ng qanot himoyachisi Yusef Attal, "Real" markaziy himoyachisi Eder Militao, "Norvich" chap qanot himoyachisi Jamal Lyuis, "Valensiya" xavbeki Joffrey Kondogbiya hamda "RB Leyptsig" vingeri Marsel Zabittserlar bor.
Bundan tashqari Mourinyu Xarri Keyn va Son Xin Min kabi hujumchilarni jamoada olib qolishni ham so‘ragan.
Fikrlar