
Mourino: Ronalduni nokaut qilib qo‘yaman!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya o‘yinchilarida Krishtianu Ronaldu bilan to‘qnash kelishi haqidagi savollarga o‘ziga xos tarzda javob qaytardi.
- Ronaldu mendan qo‘rqmasa ham bo‘ladi, chunki men markaziy himoyachi pozitsiyasida o‘ynamayapman. Agar men haqiqatan himoya markazida o‘ynaganimda, Krishtianuni nokaut qilib qo‘yardim. Hozir menda bunaqa sifatlar qolmagan, qarib qoldim, - dedi Joze Mourino.
Mourino 2021 yilning 1 iyulidan “Roma”ni qabul qilib oldi. Bungacha portugaliyalik mutaxassis “Tottenxem”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Real”, “Inter”, “Portu”, “Union Leyriya” va “Benfika” kabi klublarda ishlagan.
58 yoshli mutaxassis Rim klubi bilan uch yillik shartnoma tuzdi.
Fikrlar