
Mourino qishda Beylni "Tottenxem"ga qaytaradimi?
"Tottenxem" klubining yangi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridagi asosiy ko‘zlagan futbolchisi kimligini aytdi.
Walesonline nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis "Real" vingeri Garet Beylni Londonga qaytarmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Beyl uchun “Tottenxem” u qadar begona emas. U “shporlar” safida 2007-2013 yillarda to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida 7 ta o‘yinda 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar