
Mourino Kloppning eng yaxshi murabbiy, deb topilganiga e’tiroz bildirdi
Xabaringiz bor, kuni kecha FIFA "The Best" - yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Unda eng yaxshi murabbiy nominatsiyasida "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp g‘olib bo‘ldi. Bu haqida "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino quyidagicha fikr bildirdi:
"Menimcha, Flik ushbu sovrinni yutish uchun yana bir nechta yangi kubok ta’sis etilishi va "Bavariya" ularni ham qo‘lga kiritishi lozim edi (kuladi). U joriy mavsumda erishish mumkin bo‘lgan barcha 5 ta titulni jamoasiga olib berdi", - deydi Mourino.
Fikrlar