
Mourino Chempionlar ligasida qaysi jamoa yutishi kerakligini aytdi
“Roma”dan haydalganidan beri ishsiz yurgan Joze Mourino Evropaning eng nufuzli musobaqasida qaysi jamoaga muxlislik qilayotgani haqidagi savollarga javob berdi.
Men Chempionlar ligasida “Real” g‘olib chiqishini istayman. Shunga jamoa ham, uning bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham shunga munosib, - dedi Joze Mourino.
Bu galgi turnirda yarim finalchilar aniqlanib bo‘ldi. “Real”dan tashqari, Germaniyadan “Bavariya” va “Borussiya”, Frantsiyadan PSJ g‘oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda.
“Real” final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bahsda “Bavariya” bilan to‘qnash keladi.
Joze Mourino “Real”ni 2010-2013 yilla davomida boshqargan. O‘sha davrda portugaliyalik mutaxassis “Qirollik klubi” bilan mamlakat chempionati va kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar