
Mourino Benzemaning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga munosabat bildirdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Real" hujumchisi Karim Benzema "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganiga munosabat bildirdi.
“Karim — fantastik futbolchi, u ajoyib xarakterga ega jamoaviy o‘yinchi. Benzema "Oltin to‘p"ga yoki boshqalardan ko‘ra ko‘proq gol urish istagiga qattiq bog‘lanib qolmagan. U shunchaki jamoaviy o‘yinchi. Karim shunchalik ko‘p ish qiladiki, "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgani men uchun tabiiy holat", — deb Mourino so‘zlarini keltirmoqda Mirror.
Joze Mourino Benzema bilan "Real"da birga ishlagan, portugaliyalik mutaxassis 2010-2013 yillarda Madrid grandini boshqargan.
34 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum "Real" bilan La Liga va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi va har ikkala musobaqada ham eng yaxshi to‘purarga aylandi. Madrid klubi tarkibida futbolchi 2009 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.
Fikrlar