
Mourino Angliyadan “Real” tarbiyalanuvchisini olib keldi
“Roma” qishki transfer oynasining so‘nggi kunida katta transferni amalga oshirishni uddaladi.
“Lids” himoyachisi Diego Lorente faoliyatini Joze Mourino qo‘l ostida davom ettiradigan bo‘ldi.
Rim klubi 29 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Diego Lorente aslida “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2002-2017 yillar davomida “Qirollik klubi” tizimida faoliyat ko‘rsatgan.
“Lids” bu futbolchini o‘z safiga 2020 yili qo‘shib olgan edi. Joriy mavsumda Lorente sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar