Morata o‘ziga yangi jamoa tanladi

  • 3 yanvar, 2022, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ijara asosida “Yuventus” sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata yurtiga qaytib ketmoqchi.

Tecno

Transfer huquqi “Atletiko”ga tegishli bo‘lgan futbolchi faoliyatini Madrid klublarining ashaddiy raqibi bo‘lgan “Barselona”da davom ettirishni mo‘ljallayapti.

Kataloniyaliklarda ham tajribali o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olish niyati bor. Tomonlar shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgani aytilmoqda.

“Barselona” Moratani o‘ziga olib, “Atletiko”ga ijaraga berilgan Antuan Grizmanni Madridda qoldirish variantini taklif qilmoqchi.

Alvaro joriy mavsumda  19 ta bahsda beshta gol urib, bir juft assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!