"Monako" futbolchisi APL grandlarini qiziqtirib qo‘ydi

  • 14 may, 2019, 23:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Lester" safida ijara asosida o‘tkazayotgan "Monako" yarim himoyachisi Yuri Tilemans APLning top klublari e’tiboriga tushdi.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli belgiyalik futbolchiga "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqib qolgan. Qolaversa, “Lester”ning o‘zi ham uning transferini to‘liq sotib olmqochi.

Transfermarkt talqini bo‘yicha Tilemansning narxi 22,8 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Tilemans joriy mavsum APLda jami 13ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!