
Abbosbek Fayzullaev yangi klubida qancha maosh oladi?
Moskvaning TsSKA klubidan Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" futbolchisiga aylangan Abbosbek Fayzullaev yillik maoshi qanchaligi oshkor etildi. 21 yoshli legionerimiz turk klubi safiga 7,5 million evro evaziga transfer qilindi. Uning shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.
Jurnalist Osman Altunterimning ma’lum qilishicha, Abbosbek bir mavsum uchun 1 million evro maosh oladi. Shuningdek, shartnomada samarali harakatlar uchun bonuslar belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, Fayzullaev TsSKA safida 72 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 22 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar