
Modrichning "Real"dagi g‘alabalari soni 200 taga etdi
“Real” Madrid klubi yarim himoyachisi Luka Modrich kecha La Liganing 28-turida “Selta”ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
E’tiborlisi, bu 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun “qirollik klubi” safidagi yubiley 200-g‘alaba bo‘ldi. Ramos ushbu natijaga erishgan La Liga tarixidagi 8-futbolchi bo‘ldi. Aytish kerakki, 2012 yildan buyon “Real” safida to‘p surib kelayotgan Modrich o‘tgan vaqt mobaynida madridliklar safida jami 296 ta o‘yinda ishtirok etdi va shularning 200tasida g‘alaba qozonib, 48tasida durang qayd etdi. Qolgan 48ta bahsda esa mag‘lub bo‘ldi.
Modrich ushbu g‘alabalarning 132tasini La Ligada, 45tasini Chempionlar ligasida, 12tasini Ispaniya Kubogida, 6tasini Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidi, 3tasida UEFA Superkubogida va 2tasini Ispaniya Superkubogida qo‘lga kiritgan.
Fikrlar