
Modrich Pushkashni ortda qoldirdi
Luka Modrich "Real" tarixida gol urgan eng qariya futbolchiga aylandi.
Kecha bo‘lib o‘tgan "Valensiya" bilan bahsda 39 yosh-u 116 kunligida "Valensiya" darvozasini ishg‘ol etdi. Buning natijasida, "Real" 2:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, Modrich 1966 yilning 17 aprelida 39 yosh-u 15 kunligida "Sporting Xixon" bilan Ispaniya kubogi bahsida "Real" safida gol urgan Ferents Pushkashning rekordini zabt etdi.
Ayni vaqtda "Real" La Liga turnir jadvalida 43 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.
Fikrlar