
Modrich hayotida bunaqasi birinchi marta bo‘ldi
“Real” pleymekeri Luka Modrich La Liganing ketma-ket ikkinchi uchrashuvida zaxirada qoldirildi.
Diario AS nashrining ma’lum qilishicha, xorvatiyalik yarim himoyachi so‘nggi 11 yil davovida hech qachon ketma-ket ikkita uchrashuvda zaxira o‘rindig‘ida qolib ketmagan.
Karlo Anchelotti 38 yoshli yulduzni “Las-Palmas” va “Jirona”ga qarshi o‘yinlar qaydnomasiga kiritgan bo‘lsa-da, uning xizmatlaridan foydalanmadi.
Yozda “Real” bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirgan Luka Modrich bu gal boshlang‘ich tarkibga kira olmayapti.
Fikrlar