
Modrich: Bu mening faoliyatimdagi eng og‘ir hafta bo‘ldi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoasining so‘nggi haftadagi muvaffaqiyatsizliklari haqida gapirib o‘tdi.
“Bu mening faoliyatimdagi eng og‘ir hafta bo‘ldi. Muvaffaqiyat hech qachon yiqilmaslik degani emas, balki, yiqilgan paytingda ham qayta turish deganidir”, - deb yozadi xorvatiyalik futbolchi o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, “Real” so‘nggi bir hafta ichida Ispaniya kubogi, Isppaniya La Ligasi va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Fikrlar