
Modrich "Betis"ga qarshi o‘ynamaydi
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich ertaga La Liga doirasida "Betis"ga qarshi o‘ynamaydi.
Jurnalist Xorxe Pikonning yozishicha, xorvatiyalik futbolchi bugun jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmagan. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti unga dam bergan, shu sabab Modrich ertaga o‘ynamaydi.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng Luka "Real"ning asosiy tarkibida mavsumning birinchi yarmidagidek muntazam o‘ynamayapti.
Modrichning shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum so‘ngida tugaydi. "Real" Madrid yarim himoyachi bilan hamkorlikni davom ettirishi hozircha noaniq bo‘lib turibdi.
Fikrlar