MMAchilarmiz delegatsiyamiz hisobiga yana 2 ta medal yozdirib qo‘ydi

  • 25 oktabr, 16:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 22-31 oktyabr kunlari Bahrayn davlatining Manama shahri o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Bugun delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medallar qo‘shildi.

MMAchimiz Avazbek Anvarov 50 kg vaznda finalga qadar etib bordi va oltin medal uchun bahsda tojikistonlik raqibini mag‘lub etib, chempionga aylandi.

-55 kg vazn toifasining final bahsida ishtirok etgan Ibrohim Botirov esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz hal qiluvchi jangda tojikistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!