
MLSning joriy mavsumdagi ramziy terma jamoasi e’lon qilindi (video)
AQShning “Los-Anjeles Gelaksi” klubi forvardi Zlatan Ibragimovich va “Los-Anjeles” klubi xavbeki Karlos Vela mavsum yakunlariga ko‘ra MLSning ramziy terma jamoasidan joy oldi.
Ushbu ramziy terma jamoaga shuningdek Alexandro Posuelo («Toronto»), Karles Xil («Nyu-Inglend Revolyushn»), Eduard Atuesta («Los-Anjeles»), Ike Opara («Minnesota Yunayted»), Djozef Martines («Atlanta Yunayted»), Maksi Morales («Nyu-York Siti»), Maylz Robinson («Atlanta Yunayted»), Vito Mannone («Minnesota Yunayted») va Uoker Tsimmerman («Los-Anjeles») kabi futbolchilar ham kiritilishdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Vela 34 ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘lgan bo‘lsa, 30 ta gol urgan Ibragimovich bu borada ikkinchi bo‘ldi.
Fikrlar