Mirjalol Qosimov OChLdagi tarixiy g‘alabadan keyin nimalar dedi?

  • 22 aprel, 2021, 09:13
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Osiyo Chempionlar Ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli" va AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirdi.

Mirjalol Qosimov: — "Avvalambor, assalomu alaykum. Fursatdan foydalanib, kecha tug‘ilgan kunini nishonlagan jamoamiz futbolchisi Dilshod Jo‘raevni va bugun tavallud kunini nishonlaydigan yordamchi murabbiy Xayrulla Karimovni jamoamiz nomidan tabriklayman. Ularga sog‘lik, oilaviy baxt va omad tilayman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, ikki jamoaga ham g‘alaba muhim edi. Yutuq ishtiyoqida maydonga tushgandik. O‘tgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatga qaramasdan, futbolchilar o‘yinga to‘g‘ri yondashishdi va yaxshi tayyorlanib, OChL guruh bosqichidagi ilk g‘alabani tantana qildik. Bu ham kichik tarix. G‘alaba seriyasi ochilganidan xursandmiz. Raqib "Shabab Al-Ahli" yaxshi, kurashuvchan va shiddatli futbol namoyish etadigan jamoa. O‘ylashimcha, bugungi o‘yin yaxshi darajada o‘tdi. Ikkinchi taymda jamoamiz o‘yinni kuchaytirdi va bu jihat bellashuv yakuniga borib, o‘z samarasini berdi. Xursandmiz. Lekin bu g‘alabani esdan chiqarib, keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Hali hammasi oldinda. Fursatdan foydalanib bizga ishongan va o‘tgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatga qaramasdan jamoamizni qo‘llab-quvvatlab, dalda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik barcha futbol muxlislariga katta rahmat aytamiz. Va ularni g‘alaba bilan tabriklaymiz. 

Kambek? Men nafaqat o‘yin so‘ngida, balki uchrashuv avvalidan oldinga intilish va g‘alaba uchun kurashishga ko‘rsatma bergandim. O‘yin so‘ngiga yaqin himoyaga o‘tirmasdan, hujumga ko‘proq intilish kerakligini ta’kidlagandim. Futbolda 5 daqiqa ichida ko‘p narsa ro‘y berishi va voqealar rivoji butunlay o‘zgarib ketishi ham mumkin. Masalan, 1999 yilgi EChL finalini eslaylik. O‘shanda MYu "Bavariya" darvozasiga qo‘shib berilgan 3 daqiqa ichida 2ta gol urib, g‘alabani ilib ketgandi. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi. Shu boisdan ham qo‘shib berilgan daqiqalarni himoyada o‘tkazmasdan oldinga o‘tishni ta’kidladim. Kambeklarning siri yo‘q. Ko‘p narsa xohish va ishtiyoqqa bog‘lik. Futbolni majburan o‘ynab bo‘lmaydi",-deya Qosimov so‘zlarini keltirmoqda AGMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Karimov Sardor
22/04/2021 11:14
Tabriklaymiz davomli bo'lsin
&
Турсун Ғани
22/04/2021 22:27
Худо хохласа гурухдан ҳам эсон омон чиқиб олиб кулубнинг яна бир янги тарихини яратасизлар деган умиддамиз. Қосимовда бу турнирда катта тажриба бор мураббий сфатида ҳам Бунёдкор билан эришган чиройли ғалабалари эсимизда ҳали. Омадингларни берсин ва бизларни доимо хурсанд қилиб юринглар ғалабалар давомли бўлсин.
Muslimbek Yuldashev
22/04/2021 22:15
Yana g'alaba nasib etsin ko'p bora