Mirjalol Qosimov: "Birinchi bo‘limda azart etishmadi"

  • 21 noyabr, 01:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 29-turidagi “Surxon” - OKMK (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

Tecno

- Qisqa aytadigan bo‘lsak, ikkala jamoa g‘alaba uchun chiqqandi. Ammo oxir-oqibat durang qayd etildi. O‘ylaymanki, bu to‘g‘ri. “Surxon” ham pastki o‘rinlarda borayotgani uchun zich himoyalandi. Yorib kirish qiyin bo‘ldi. Imkon qadar g‘alabaga intildi. Bizda ham shunaqa bo‘ladi. Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Birinchi bo‘limda azart etishmadi. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashdim. Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qilishdi, vaziyatlar yaratishdi. Durang haqli ravishda ikkala jamoaga normal holat.

- Jamoangiz salohiyatini inobatga olib, ushbu mavsumda OKMKga qanday baho berasiz?

- Hali erta, yana oxirgi turimiz bor. Baho beradigan bo‘lsak, yuqori o‘rinlarga harakat qildik. 5 bahoda oladigan bo‘lsak, 3 deyman. Lekin ko‘p narsa xohlaymiz. Futbolda har xil vaziyat bo‘lishi mumkin. Tarkibni kuchaytirishga yana harakat qilamiz. O‘tgan yili ikkinchi o‘rinni olgandik. Bu yil baqaror o‘ynay olmaganimiz 6-o‘ringa tushirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!