
Miralem Pyanich PSJ taklifini nega rad etdi?
Italiyaning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich Frantsiyadan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, bosniyalik xavbek PSJning chorlovini qabul qilmadi. U "Barselona"ga o‘tishni yoki shartnomasi tugaguncha Turinda qolishni xohlaydi.
Pyanich bilan muzokaralarni parijliklar sport direktori Leonardoning shaxsan o‘zi olib bordi. Biroq futbolchi Frantsiya chempionining taklifini rad etdi.
Fikrlar