Amir G‘alenoyi: "Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz"

  • 7 sentabr, 23:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun final oldidan ikkala terma jamoalar o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida forslar ustozi Amir G‘alenoyi ham ishtirok etdi. 

Tecno

"CAFA kelajakda mintaqa futboliga yordam berishi mumkin, ammo bu mavsum har jabhada yomon harakat qildi. Hakamlik, tashkilotchilik, raqiblar va hamma-hammasi. Yaxshi tashkil etilmaganini ko‘plab jamoalar shikoyat qilishgani ham aytib turibdi.

O‘zbekiston va Eron bir necha yillardan buyon ko‘p to‘qnash kelmoqda. O‘zbekiston so‘nggi yillarda futbolga katta sarmoya kiritdi, mahalliy chempionat kuchaydi. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Umid qilamanki, ertaga yaxshi, muxlislarbop va taktik o‘yin bo‘ladi. Ertaga yaxshi natijaga erishishimiz uchun o‘yinchilar o‘zlarining vazifalarini bajarishlari shart bo‘ladi. O‘zbekiston ham o‘z klublariga yaxshi sarmoya kiritdi, bir qancha futbolchilari Osiyo va Eron chempionatining nufuzli jamoalarida to‘p surmoqda. 

Tehronda 4 ta mashg‘ulot o‘tkazib, keyin turnirga kirishimiz kerak edi. Chempionat o‘yinlari tugashini kutib, xatoga yo‘l qo‘ydik. Milliy chempionatning o‘z shartlari bor. Eshitdimki, bir do‘stim (murabbiyni nazarda tutmoqda) Premer-liganing uchinchi va to‘rtinchi o‘yinlari o‘tkazilmaguncha futbolchilarni qo‘yib yubormasligini aytdi. Qanday qilib FIFA kunlarida milliy chempionat o‘yinini o‘tkazish mumkin?

O‘zbekiston Osiyoda futbol markaziga aylanib bormoqda. Buni turli musobaqalarda, har xil yosh toifasidagi futbolchilar isbotlab kelmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!