
Millatlar ligasi. Ispaniya Italiyani mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi!
Evropa millatlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan Ispaniya hamda Italiya o‘rtasidagi bahs yakuniga etdi. Unda "qizil furiya" 2:1 hisobida zafar quchdi.
Ispaniyaliklar safida Yeremi Pino tezkor gol urgan bo‘lsa, Italiyadan Chiro Immobile penaltidan unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi. Ammo 88-daqiqada "Real" qiziqish bildirib turgan Xoselu gol urib ketdi va jamoasini finalga olib chiqdi.
Hal qiluvchi bahsda ispanlar Xorvatiyaga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar