"Milan"ning rejalari o‘zgardi

  • 28 avgust, 2019, 14:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi rahbariyati jamoaning transfer rejalariga biroz o‘zgartirish kiritishdi.

Tecno

Gap shundaki, "rossonerilar" bungacha "Atletiko" forvardi Anxel Korreani sotib olish haqida ish olib borishayotgan edi. Biroq, so‘nggi xabarlarga qaraganda “Milan”ning bu boradagi e’tibori Braziliyaning “Gremio” klubi vingeri Everton Soaresga tushgan.

Ta’kidlash kerakki, Soares joriy yoz Braziliyada bo‘lib o‘tgan Amerika kubogida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi a’zosini dastlab “Arsenal” sotib olishga harakat qilgan edi. Biroq, transfer amalga oshmadi. “Gremio” esa uni 40 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!