"Milan" yangi hujumchi topdi

  • 14 dekabr, 17:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Milan" klubi "Vest Xem" hujumchisi Niklas Fyullkrugni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Gazzetta" nashri ma’lum qildi.

Tecno

Manbada yozilishicha, Italiya grandi germaniyalik futbolchini sotib olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritgan. Ma’lum bo‘lishicha, "bolg‘achilar" forvardni sotish niyatida emas lekin ijaraga berishga tayyor. 

32 yoshli futbolchining "Vest Xem" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi. Uning hozirda transfer bozoridagi narxi 8 million evroga tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Niklas joriy mavsum London klubi safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!