
"Milan" to‘puraridan ayrildi
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 39 yoshli shvetsiyalik futbolchining son mushaklari jarohatlangan. Hozircha uning jarohati qay darajada jiddiy ekani noma’lum. Ammo u 3 mart kuni “Udineze”ga qarshi bo‘ladigan A Seriyaning 25-tur uchrashuvida maydonga tusha olmasligi haqiqatga yaqin.
Ibragimovich joriy mavsum “Milan” safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar