
"Milan" sardori uchun La Liganing ikki grandi da’vogarlik qilmoqda
"Milan" klubi o‘zining asosiy himoyachisi va sardori hisoblangan Alessio Romanoli bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kelishuv amalga oshmagach, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatilgan.
Aytish lozimki, 25 yoshli italiyalik futbolchiga "Atletiko" va "Barselona"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Shu bois u yozda jamoadan ketish imkoniyatiga ega.
Romanoli joriy mavsum “Milan” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar