“Milan” sakkizta transferni uddaladi

  • 7 avgust, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya grandlaridan “Milan” yozgi transferlar vaqtida o‘z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Amerikalik yarim himoyachi Yunus Musa milanliklar safiga qo‘shilgan sakkizinchi o‘yinchiga aylandi. Bu futbolchi yangi klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi va bu muddat ichida 20 million evroga yaqin maosh oladi.

20 yoshli Musa 2019 yildan beri “Valensiya” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Bundan buyon “Milan”da o‘ynaydigan bo‘ldi.

Milanliklar etakchi o‘yinchisi Sandro Tonalini “Nyukasl”ga rekord summa – 64 million evroga sotganidan keyin transfer bozorida 109 million evro sarfladi. Bu jamoa “Chelsi”dan Kristian Pulishich va Ruben Loftus-Chik, “Vilyarreal”dan Samuel Chukveze, “AZ Alkmaar”dan Tijani Reynders kabi futbolchilarni olib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!