
"Milan" safarda "Benevento"ni taslim qildi va yana peshqadamlikni qaytarib oldi (video)
Italiya A Seriyasining 15-turida “Milan” safarda “Benevento”ga qarshi bahs olib bordi.
Frank Kesse (15') va Rafael Lean (49') tomonidan kiritilgan gollar yakunda “rossonerilar”ga 0:2 hisobida g‘alaba keltirdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar