"Milan" "Real" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

  • 13 avgust, 2019, 13:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” 24 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun yana bir da’vogar hisoblangan “Real” Madrid klubi bilan raqobatlashishga tayyor. Biroq, ular ushbu transferni amalga oshirishdan oldin ispaniyalik hujumchi Susoni sotib yuborishlari kerak.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “Milan” Fernandeshning transferiga o‘zining portugaliyalik hujumchisi Andre Silvani ham qo‘shishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!