"Milan" hujumchisini APL klubiga sotmoqchi

  • 23 iyul, 2019, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi hujumchisi Patrik Kutrone faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli italiyalik futbolchiga "Vulverxempton" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. “Rossonerilar” esa moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun 25 million evroga baholanayotgan ushbu futbolchisini sotib yubormoqchi. Biroq, Kutronening o‘zi “San-Siro”da qolishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Kutrone o‘tgan mavsum A Seriyada jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!