
"Milan" futbolchisi hakamdan norozi!
"Milan" yarim himoyachisi Xoqon Chalxanoglu Italiya kubogining yarim finalidan o‘rin olgan "Yuventus" (0:0) ga qarshi bahs borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz juda g‘azabdamiz. Agar hakam Ronalduning penaltisini VAR orqali ko‘rib chiqqan bo‘lsa, Rebichning qizil kartochkasini ham ko‘rib chiqishi kerak edi.
Biz g‘azablandik, ammo jamoa yaxshi o‘ynadi. Ikki bahsdan so‘ng, kim ko‘proq finalga loyiq o‘yin ko‘rsatganligini aytish qiyin.
O‘ylaymanki, agar Ibragimovich, Kastilexo va Teo Ernandes maydonga tushganida biz kuchliroq bo‘lardik. Tushunarliki, "Yuve"ga qarshi o‘ynash qiyin, ammo uchrashuv teng tarzda kechdi.
Nega biz 10 ta bo‘lib qolgandan keyin yaxshiroq o‘ynashni boshlaganimizni aytish qiyin. Biz g‘alaba qozonishni juda xohladik va borimizni berdik. Endi navbatdagi bellashuvni intiqlik bilan kutib qolamiz," - dedi Chalxanoglu Rai Sportga bergan intervyusida.
Fikrlar